Jahon chempionati /8 final bosqichi yakunlandi. Uning natijalariga ko'ra, Opta superkompyuteri qolgan jamoalarning mundialda g'olib chiqish imkoniyatlarini baholadi.
Turnir chempionligiga bosh da'vogar sifatida 27,62 foiz imkoniyat bilan Fransiya milliy jamoasi e'tirof etilmoqda. Ikkinchi o'rinda Ispaniya joylashgan — 21,54 foiz. Kuchli uchlikni Angliya yakunlab berdi (17,06%).
Keyingi o'rinlardan Argentina (15,9%), Norvegiya (6,5%), Marokash (4,04%), Belgiya (3,86%) va Shveysariya (3,46%) joy olgan.
Eslatib o'tamiz, chorakfinal o‘yinlar 9 iyuldan 10 iyulga o‘tar kechasi start oladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi