Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Argentina - Misr o‘yinidan (3:2) keyin Afrika vakili yetakchisi Muhammad Saloh argentinalik hujumchi Lionel Messi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Avvaliga Messi penaltidan unumli foydalana olmadi, biroq keyin golli uzatma yetkazib berdi va o‘zi ham 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ta’kidlash lozim, Misr o‘yin davomida 2:0 hisobida oldinda bora turib, yakunda hattoki durangni ham saqlab qola olmadi.
«Biz qo‘limizdan kelganini qildik, lekin Messi degan yigit bor, u istalgan vaqtda o‘yin tizginini burib yuborishi va bahsni bir o‘zi yutib ketishi mumkin. Messi qolgan futbolchilardan ancha yuqori darajada turadi, buni tan olishim kerak», — deya Saloh so‘zlaridan iqtibos keltirdi La Derecha Diario.
Eslatib o‘tamiz, Argentina milliy jamoasi 1/4 final bosqichida Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi