Live
2
O'zbek

Holand — JCH-2026 vaqtida eng koʻp yangi obunachiga ega boʻlgan futbolchi

Futbol
22 iyul, 12:00
Norvegiyalik hujumchi bu borada Kabo-Verde posboni Vozinyani kichik farq bilan ortda qoldirdi.
Holand — JCH-2026 vaqtida eng koʻp yangi obunachiga ega boʻlgan futbolchi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» klubi va Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand 2026 yilgi Jahon chempionati boshlanganidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda 30 milliondan ortiq yangi obunachiga ega boʻldi.

26 yoshli forvard mundial ishtirokchilari orasida eng koʻp yangi obunachi toʻplagan futbolchiga aylandi. Ikkinchi oʻrinni Kabo-Verde darvozaboni Vozinya egalladi (29 milliondan ortiq yangi obunachi), uchinchi oʻrin esa Angliya yarimhimoyachisi Jud Bellinghemga nasib etdi (12 million yangi obunachi).

Jahon chempionati boshlanishidan oldin Holandning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga 40 milliondan sal koʻproq kishi obuna boʻlgandi. Hozirda esa uning Instagram sahifasida 74 million nafar obunachi mavjud.

Erling 2026 yilgi mundialda Norvegiya safida 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi. Shuningdek, u turnir davomida turli memlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoligi orqali ham keng muhokama qilindi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar