Live
2
O'zbek

Transfermarkt JCh-2026dan keyin eng qimmatlashgan futbolchilar reytingini e'lon qildi

Futbol
22 iyul, 12:00
Eng katta o‘sishni Angliya MJ yarimhimoyachisi Elliot Anderson qayd etdi.
Transfermarkt JCh-2026dan keyin eng qimmatlashgan futbolchilar reytingini e'lon qildi
Foto: Getty Images

Transfermarkt JCh-2026 yakunlaridan so‘ng futbolchilarning transfer qiymatini yangiladi va mundialdan keyin narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ro‘yxatini e'lon qildi.

Reytingning birinchi pog‘onasidan Angliya milliy jamoasi va «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Elliot Anderson joy oldi. Uning transfer qiymati 35 million yevroga oshib, 110 million yevroga yetdi.

JCh-2026 yakunlariga ko‘ra transfer qiymati eng ko‘p oshgan futbolchilar:

  1. Elliot Anderson (Angliya) — 110 mln yevro (+35 mln);
  2. Jud Bellinghem (Angliya) — 160 mln yevro (+30 mln);
  3. Ayyub Buaddi (Marokash) — 80 mln yevro (+30 mln);
  4. Erling Holand (Norvegiya) — 220 mln yevro (+20 mln);
  5. Lamin Yamal (Ispaniya) — 220 mln yevro (+20 mln);
  6. Kilian Mbappe (Fransiya) — 200 mln yevro (+20 mln);
  7. Maykl Olise (Fransiya) — 170 mln yevro (+20 mln);
  8. Xulian Alvares (Argentina) — 120 mln yevro (+20 mln);
  9. Morgan Rojers (Angliya) — 110 mln yevro (+20 mln);
  10. Pau Kubarsi (Ispaniya) — 100 mln yevro (+20 mln);
  11. Bredli Barkola (Fransiya) — 90 mln yevro (+20 mln);
  12. Gonsalu Ramush (Portugaliya) — 50 mln yevro (+20 mln).

Qayd etish joiz, JCh-2026 chempioniga aylangan Ispaniya finalda Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, mundialdagi muvaffaqiyat ko‘plab futbolchilarning transfer qiymati sezilarli darajada oshishiga sabab bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar