FIFA JCh-2026 yakunlari bo‘yicha muxlislar ovoziga asosan tuzilgan turnirning ramziy jamoasini e'lon qildi.
Ramziy tarkibdan Ispaniya va Fransiya milliy jamoalarining uchtadan, Argentinaning ikki nafar, shuningdek, Kabo-Verde, Angliya va Norvegiyaning bittadan futbolchisi o‘rin oldi.
Ramziy jamoa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabon:
- Vozinya (Kabo-Verde).
Himoyachilar:
- Pedro Porro (Ispaniya);
- Lisandro Martines (Argentina);
- Dayo Upamekano (Fransiya);
- Mark Kukurelya (Ispaniya).
Yarimhimoyachilar:
- Rodri (Ispaniya);
- Maykl Olise (Fransiya);
- Jud Bellinghem (Angliya).
Hujumchilar:
- Lionel Messi (Argentina);
- Erling Holand (Norvegiya);
- Kilian Mbappe (Fransiya).
Ma'lumot uchun, JCh-2026 AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulgacha bo‘lib o‘tdi. Turnirda 48 ta milliy jamoa ishtirok etdi. Finalda Ispaniya Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi ikkinchi jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi