"PSJ" "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodrini qo'lga kirita olmaganidan so'ng "Barselona" futbolchisi Pedrini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda El Nacional xabar berdi.
Parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike klub rahbariyatidan 23 yoshli Pedri transferi ustida ish olib borishni so'ragan. Qayd etilishicha, "PSJ" ispaniyalik futbolchi uchun qariyb 90 million yevro miqdoridagi ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Biroq "Barselona" yarimhimoyachi bilan xayrlashish niyatida emas.
Ma'lumot o'rnida, Pedri 2019 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. Ispaniyalik futbolchi kataloniyaliklar safida jami 245 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urgani va 33 ta assist amalga oshirgani ma'lum.
Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan. Avvalroq Pedri o'z tug'ilgan shahrida 2,5 million yevrolik binoni sotib olgani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi