Live
2
O'zbek

Pedri o‘z tug‘ilgan shahrida 2,5 mln yevrolik binoni sotib oldi

Futbol
12 fevral, 02:00
Futbolchi ushbu inshootni ta'mirlash va uning o‘rnida mehmonxona ochishni rejalashtirmoqda.
Pedri o‘z tug‘ilgan shahrida 2,5 mln yevrolik binoni sotib oldi
Foto: FC Barcelona

Pedri o‘z tug‘ilgan shahar Tenerifeda joylashgan monastirlar binosini 2,5 million yevro evaziga sotib oldi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, «Barselona» yarimhimoyachisi 1943 yilda qurilgan ushbu inshootni ta'mirlash va uning o‘rnida mehmonxona ochishni rejalashtirmoqda.

Ko‘chmas mulkning umumiy maydoni qariyb 9 500 kvadrat metrni tashkil etadi. Bino ichida 33 ta xona va 21 ta hammom, shuningdek, kutubxona, majlislar zali, ibodatxona, bog‘ hududi kabi joylar mavjud. Inshoot uch qavatdan iborat.

Shartnoma «Barselona» futbolchisiga bog‘liq bo‘lgan Pedrineta SL kompaniyasi orqali tuzilgan. Ushbu kompaniya 2023 yilda shunday operatsiyalar uchun tashkil etilgan.

Avvalroq Yamal Shakira va Pike yashagan 14 million yevrolik uyni sotib olayotgani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar