"Chelsi" klubi yarimhimoyachi Valentin Barkoni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.
Argentina milliy jamoasining 22 yoshli futbolchisi "ko'klar" bilan 2033 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.
Ma'lum qilinishicha, Barko jamoaga biroz kechroq qo'shiladi va klubning mavsumoldi yig'inida ishtirok etadi.
Valentin avval ham Angliya Premer-ligasida to'p tepgan. U "Brayton" sharafini himoya qilgan bo'lib, 2025 yil yozida Fransiyaning "Strasburg" klubiga o'tgan edi.
O'tgan mavsumda u barcha turnirlar doirasida 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Barkoning transfer qiymati hozirda 40 million yevroga baholanmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi