"Chelsi" yozdagi transferlarini yaqin orada yakunlashi mumkin. Bu haqida jurnalist Nizar Kinsella xabar berdi.
London grandi "Jirona" chap qanot himoyachisi Pep Chavarria hamda "Brentford"ni erkin agent sifatida tark etgan yarimhimoyachi Jordan Hendersonni o'z safiga qo'shib olishga yaqin. Shundan so'ng "Chelsi"ning transfer bozoridagi faolligi yakunlanishi mumkin.
Keyingi transferlarni amalga oshirish uchun jamoa avval futbolchilardan birini sotishi talab etiladi. Qayd etish lozim, londonliklar bu yozda yangi futbolchilar xaridi uchun qariyb 400 million yevro sarfladi, futbolchilar sotuvdan tushgan umumiy daromad esa 150 million yevrodan kam bo'ldi.
Avvalroq "ko'klar"ning Valentin Barkoni o'z safiga qo'shib olgani ma'lum qilingan edi.