Live
2
O'zbek

Antoniu Silva — "Bornmut" oʻyinchisi

Futbol
1 avgust, 11:45
2-3 yil avval 80-90 mln yevroga baholangan portugaliyalik himoyachi London klubiga 25 mln yevroga tushdi.
Antoniu Silva — "Bornmut" oʻyinchisi
Foto: Bournemouth

Portugaliya milliy jamoasi himoyachisi Antoniu Silva "Bornmut" futbolchisiga aylandi.

Angliya klubi "Benfika" a'zosini oʻz safiga qoʻshib olganini rasman e'lon qildi. Tomonlar 5 yillik shartnoma imzoladi.

Transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etdi. Bundan tashqari, London klubi turli bonuslar koʻrinishida yana 5 million yevro toʻlashi mumkin.

Etiborlisi, 2-3 yil avval 22 yoshli himoyachi top klublar nazariga tushgan va oʻshanda lissabonliklar Antoniu uchun 80-90 million yevro talab qilishgandi.

Silva oʻtgan mavsum Portugaliya chempionatida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va yana 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bornmut Bornmut
  • Benfica Benfica
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar