Bu haqda jurnalist va mashhur insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi.
Uning yozishicha, «Barselona» klubi oxirgi haftalarda «Atletiko» bilan Xulian Alvares transferi borasida kelishuvga erishishning imkoni bo‘lsa, alternativ variant sifatida Krupini ko‘z ostiga olib qo‘ygan.
Ta’kidlanishicha, iyul oyida 20 yoshli Krupi bo‘yicha ma’lumotni Angliyaning boshqa bir jamoasi «Manchester Siti» ham so‘ragan. O‘z navbatida «Bornmut» fransiyalik forvardini o‘z tarkibida saqlab qolishni maqsad qilgan – jamoa yangi mavsumda Yevropa Ligasida Angliya sharafini himoya qilishi kerak bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Eli Junior Krupining aktual transfer narxini 70 million yevroga baholamoqda.