"Barselona" sobiq himoyachisi Jerar Pike La Liga yangi mavsumida qaysi jamoa asosiy favorit ekanini aytib o‘tdi.
"Hozirgi paytda "Barselona" "Real"dan kuchli. Oxirgi ikki mavsumda La Ligada qo‘lga kiritilgan chempionliklar "ko‘k-anorranglilar"ga ustunlik bermoqda.
Ular yangi mavsumni ham asosiy favorit sifatida boshlaydi. Jamoada barqarorlik bor, bosh murabbiy esa uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda.
Futbolchilar uning talablariga allaqachon moslashib bo‘lgan, bu esa ularga qo‘shimcha ustunlik beradi", — dedi Pike.
Ma'lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida "Barselona" "Real"ni 8 ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi