Ispaniya chempionatida ham mavsum nihoyasi yetdi. "Barselona" yana chempionga aylandi. "Real" sovrinsiz qoldi. "Jirona" esa Segundaga tushib ketdi. "Atletiko" esa qadrdon 3-o'rinini "Vilyarreal"ga bo'shatib berdi. Tribuna.uz top-5 chempionatlari yakunlari haqida turkum materiallarni davom ettiradi. Demak, bugun Ispaniyaning yuqori divizioniga nazar solamiz.
"Barselona" yana chempion

Kataloniya klubi mavsumni yaxshi o'tkazdi. "Real" ham ko'p ochko yo'qotdi. Natijada Flik jamoasi muhim pallada kerakli ochkolarni to'plab olib, titulni munosib himoya qildi.
Lamin Yamal, Rafinya, Pedri, Gavi, Fermin Lopes va Joan Garsiya barqaror mavsumni o'tkazdi. Garchi jarohatlar bo'lishiga qaramay, bu yigitlar muhim pallada jamoasini g'alabalarga yetakladi.
Shu tariqa, "Barselona" o'z tarixida 29-bor La Ligada chempionlikka erishdi.
"Real" sovrinsiz qoldi

Madrid klubi mavsum arafasida "Bayer"ni chempionlik sari yetaklagan Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinladi. Ammo ishlar ko'ngildagidek kechmadi. Ichki muammolar, natijalarda pasayish va turli sabablarga ko'ra, u ketishga qaror qildi. Natijada Arbeloa bilan mavsumni tugatish vazifasi qoldi. Ammo Alvaro ham botqoqlikka kirib qolgan jamoani olib chiqib keta olmadi. La Ligada "Barselona"ga chempionlik topshirildi. Chempionlar ligasida "Bavariya" oldidan ojiz qoldi. Ispaniya kubogi allaqachon boy berilgandi. Qisqasi, jamoa yana sovrinlarsiz qoldi.
"Atletiko" 3-o'rinni bo'shatib berdi

Ha, ko'pchilik kutmagan voqealar "Atletiko" bilan ro'y berdi. Har yili 3-o'rinni olishga odatlangan "matraschilar" juda ko'p ochkolarni boy berdi. Ko'p holatlarda Diego Simeone rotatsiya qilishga qaror qildi.
Biroq Ispaniya kubogi finalida ham yutqazdi, Chempionlar ligasida ham omadizlikka duch keldi. Natijada jamoa La Ligada ham 4-o'rinda mavsumni yakunladi. Qaysidir ma'noda argentinalik mutaxassisning ham bunda aybi bor. U boshqa sovrinlarni olish istagida La Ligaga kam e'tibor qaratdi. Chempionlar ligasi yo'llanmasiga ega bo'lish imkoniyati yuqoriligini his qilib, yoshlarga ko'proq ahamiyat berildi.
Yevrokuboklarga yo'l olgan jamoalar

Kelasi mavsumda Ispaniya chempionatidan 8 ta jamoa evrokuboklarda qatnashadi. 5 ta jamoa Chempionlar ligasida kurashni davom ettiradi. Ular qatoriga "Betis" ham qo'shildi. "Selta" va "Real Sosiedad" Yevropa ligasida o'ynaydi. "Xetafe" esa Konferensiyalar ligasida chiqdi.
Chempionlar Ligasi: "Barselona", "Real", "Vilyarreal", "Atletiko", "Betis".
Yevropa Ligasi: "Selta", "Real Sosiedad".
Konferensiyalar Ligasi: "Xetafe".
Segundaga ravona bo'lganlar:
"Jirona" bir necha yillar oldin Chempionlar ligasida ishtirok etgandi. Ammo bu mavsum natijalar ko'ngildagidek chiqmadi. Bunga jamoada moliyaviy tomondan muammolar borligi sabab bo'lgandir. Har holda Kataloniya klubi so'nggi turda Segundaga tushib ketdi.
Bir qarashda "Malorka"da hammasi yahshidek. Muriki degan forvardi mavsum davomida Mbappe bilan to'purarlik uchun kurashib keldi. Ammo bu yetarli bo'lmadi. "Malorka" qo'shimcha ko'rsatkichlar sabab Segundaga ravona bo'ldi.
"Real Oviedo" deb'yut edi. Santi Kasorla jamoasi bo'sh mavsumlardan biri o'tkazdi. Ligadagi jamoalarga kuchi yetmadi. Natijada 29 ochko bilan quyi ligaga yo'l oldi.
Mavsum ramziy jamoasi:

WhoScored portali La Liganing yakunlangan mavsumi bo'yicha ramziy jamoani tuzib chiqdi.
Darvozabon: Joan Garsia ("Barselona") — 7,09.
Himoyachilar: Andrey Ratsiu ("Rayo Valekano") — 7,13, Florian Lejen ("Rayo Valekano") — 7,06, Kike Salas ("Sevilya") — 7,16, Karlos Romero ("Espanyol") — 7,0.
Yarimhimoyachilar: Lamin Yamal ("Barselona") — 8,23, Pedri ("Barselona") — 7,25, Jud Bellinghem ("Real") — 7,24, Abde Ezzalzuli ("Betis") — 7,19.
Hujumchilar: Kilian Mbappe ("Real") — 7,70, Vinisius Junior ("Real") — 7,35.
Gollar statistikasi:
Ispaniya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 380 o'yinda jami 1024 ta gol urildi. Bu o'rtacha bitta o'yinga 2,69 foiz degani.
Chempionlikka erishgan "Barselona" eng ko'p gol urdi – 95 ta.
"Real Sosiedad" va "Levante" esa 61 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqib, eng yomon ko'rsatkichga ega bo'lishdi.
Muxlislar bo'yicha ko'rsatkichlar:
Mavsum davomida eng ko'p muxlis tashrif buyurgan bellashuv 2025 yilning 26 oktyabr kuni qayd etildi. "Real" "El-klasiko"da "Barselona"ga qarshi bellashdi. Bu bahsni 78 107 ming tomoshabin stadiondan kuzatgan.
Eng past ko'rsatkich Madrida qayd etilgan. 2025 yilning 15 fevralida "Rayo Valekano" va "Atletiko" bahsini 11 758 ming tomoshabin stadiondan kuzatgan.
Mbappe mavsum to'purariga aylandi

Fransiyalik forvard bu yil ham to'purarlik mahoratini namoyish etdi. U 25 ta gol bilan marraga birinchi bo'lib yetib keldi. Vedat Muriki esa 23 ta gol urib, 2-o'rinni egalladi. Uchlikni "Osasuna" forvardi Ante Budimir 17 ta gol bilan yakunladi. Ferran Torres va Vinisius 16 tadan gol urishdi. "Barselona" bilan xayrlashgan Robert Levandovski 14 bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Yamal eng yaxshi assist

Bu borada Lamin Yamalga teng keladigani topilmadi. Ispaniyalik 18 yoshli futbolchi 11 bor jamoadoshlarga gol urishlari uchun imkoniyat taqdim etdi. "Xetafe" a'zosi Luis Milla 6 bor bunday ko'rsatkichga ega bo'ldi. Arda Guler, Vinisius Junior va "Betis"dan Pablo Fornals esa 5 tadan assistni o'z hisobiga yozib qo'yishdi.
Yakuniy turnir jadvali:
