Bugun
17
O'zbek

Ranyeri Italiya futbol federatsiyasida yangi lavozimga tayinlanadi

Futbol
28 iyul, 07:55
Tajribali mutaxassis FIGC texnik direktori sifatida Paolo Maldinining o‘rnini egallaydi.
Ranyeri Italiya futbol federatsiyasida yangi lavozimga tayinlanadi
Foto: Getty Images

Klaudio Ranyeri yaqin kunlarda Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori lavozimiga tayinlanadi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio hamda insayder Fabritsio Romanolar xabar qildi.

Manbalarga ko‘ra, ushbu tayinlov to'g'risida FIGC kengashi yig‘ilishida federatsiya prezidenti Jovanni Malago ma’lum qilgan. Qayd etilishicha, Ranyeri ushbu lavozimda Paolo Maldinining o‘rnini egallaydi.

Shuningdek, Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib Roberto Manchini tayinlanishi ham kutilmoqda. Avvalroq ushbu lavozimga Andrea Pirlo yaqin turgandi, biroq uning bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligi sabab tayinlov amalga oshmadi.

Mazkur voqealardan so‘ng FIGC texnik direktori Paolo Maldini va maslahatchi Leonardo ham o‘z lavozimlarini tark etishi ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Roberto Manchini Italiya milliy jamoasini 2018–2023 yillarda ham boshqargan va uning qo‘l ostida milliy jamoa Yevro-2020 g‘olibiga aylangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Bugungi yangiliklar