Bugun
17
O'zbek

Zidan «Real»dan ketganidan keyingi faoliyati haqida gapirdi

Futbol
28 iyul, 08:06
Fransiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi besh yil davomida futboldan uzoqlashmaganini aytdi.
Zidan «Real»dan ketganidan keyingi faoliyati haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Real»dan ketganidan keyin ham futbolni muntazam kuzatib borganini ma’lum qildi.

L’Equipe xabariga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis besh yil davomida bekor o‘tirmaganini va ko‘plab bahslarni tomosha qilganini ta’kidladi.

«Men besh yil davomida bekor o‘tirmadim. «Real»ni boshqargan vaqtimdagidan ham ko‘proq bahslarni tomosha qildim. Fransiya milliy jamoasini ham diqqat bilan kuzatdim va bu jamoada katta salohiyat borligini ko‘ryapman», — dedi Zidan.

Qayd etilishicha, Zidan «Real»dagi faoliyati davomida ketma-ket uch marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va ikki bor Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan. U 2021 yilda Madrid klubini tark etganidan so‘ng boshqa jamoani boshqarmagandi.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan yaqinda Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. U ushbu lavozimda 14 yil ishlagan Dide Deshamning o‘rnini egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar