Roberto Manchini Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini yana egallashga rozilik berdi.
Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, italiyalik mutaxassis Italiya futbol federatsiyasining taklifini qabul qilgan. Qayd etilishicha, bu qaror Andrea Pirlo bilan bog‘liq vaziyatdan so‘ng qabul qilingan.
Ma’lumot uchun, Roberto Manchini 2018–2023 yillarda ham Italiya milliy jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida «Skuadra Adzurra» Yevro-2020 g‘olibiga aylangandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi