Bugun
4
O'zbek

Maldini va Leonardo Italiya milliy jamoasini tark etmoqda – Romano

Futbol
27 iyul, 13:57
Ular tayinlangandiga 10 kun bo‘lgandi.
Maldini va Leonardo Italiya milliy jamoasini tark etmoqda – Romano
Фото: Getty Images

Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini va uning maslahatchisi Leonardo tayinlangandan atigi 10 kun o‘tib, milliy jamoada faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bunday qarorga Italiya futbol federatsiyasi prezidenti Jovanni Malagoning Andrea Pirloni milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinlashga qarshi chiqqanligi sabab bo‘lgan.

Prezident Pirloning Rossiya bukmekerlik kompaniyalari bilan aloqalari tufayli uning nomzodini ma'qullamagan.

Ma'lum qilinishicha, Maldini va Leonardo milliy jamoa bosh murabbiyi sifatida faqat Pirloni ko‘rishni istagan.

Avvalroq Pirlo Italiya bosh murabbiyligi uchun asosiy nomzod ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq keyinchalik uning nomzodi rad etildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar