Bugun
4
O'zbek

Sergey Lushan: "Hozirgi qilayotgan mehnatimizning samarasini sentyabr oylarida ko'ramiz"

Futbol
27 iyul, 15:45
"Mash'al" bosh murabbiyi OKMKga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Sergey Lushan: "Hozirgi qilayotgan mehnatimizning samarasini sentyabr oylarida ko'ramiz"
Фото: Машъал ПФК
27.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi ОКМК ОКМК 2 : 1 Mashal Mashal

Muborakning "Mash'al" klubi bu turda safarda OKMK mehmoni bo'ldi va o'yin 2:1 hisobida olmaliklarning foydasiga hal bo'ldi.

Uchrashuvdan keyin "Mash'al" ustoz Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Bugungi o'yin haqidagi taassurotlaringiz qanday?

- Aslida, mana uchinchi o'yindan beri himoyaga tayanib o'ynayapmiz. Hozircha boshqa yo'limiz yo'q. OKMKni munosib g'alaba bilan tabriklayman. Ular bosimni oxirigacha davom ettirib, g'alabaga erishdi. Keraksiz qizil kartochka oldik. Endi nima ham qilardik? Futbolda shunday holatlar bo'lib turadi. Men hozir futbolchilarga ham aytdim: bizning ortga qarab o'tirib, afsuslanishga vaqtimiz ham yo'q. Faqat oldinga qarab yurumiz kerak. Bu o'yin endi tarixda qoldi. Oldinda hali 14 ta tur bor. O'ylaymanki, biz hali Superligada qolish uchun kurash olib borish imkoniyatiga egamiz. Maqsadimiz ham shu. Oldinda o'yinlar juda zich jadval asosida davom etadi. Shuning uchun bu uchrashuvni unutamiz va keyingisiga tayyorgarlik ko'ramiz. Yana bir bor OKMKni g'alaba bilan tabriklayman.

- "Mash'al" o'yinni yaxshi boshladi. Jamoa bunday ruhiy tayyorgarlikni qaerdan oldi? Hozirgi og'ir vaziyatdan chiqish uchun nimalarga e'tibor qaratayapsiz?

- Ochig'i, futbolchilarni qandaydir alohida usul bilan ruhlantirdik, deb ayta olmayman. Biz ularga faqat nimani xohlayotganimizni tushuntirdik. Ular esa buni juda yaxshi qabul qilishdi. Mashg'ulot jarayonida futbolchilarga nisbatan birorta ham e'tirozim yo'q. Chin dildan aytyapman, ular xuddi haqiqiy futbolni sog'inganidek ishlashayapti. Birinchi o'yinimiz yaxshi chiqdi, ikkinchi o'yinda ham oxirigacha kurashdik. O'sha uchrashuvda ham bir-ikki imkoniyatimiz bo'lgandi. Hozirgi futbolda hamma himoyalanishni ham, hujum qilishni ham o'rganib bo'lgan. Imkoniyat bo'lsa, undan foydalanish kerak. Bugun hujumda deyarli hech narsa amalga oshmadi, faqat bitta yaxshi qarshi hujumni hisobga olmasa. Men buni hozir futbolchilarga berayotgan katta jismoniy yuklamalar bilan bog'layman. Yana bir yarim hafta shunday ishlaymiz, keyin asta-sekin yuklamalarni kamaytiramiz.
Biz asosiy e'tiborni chempionatning so'nggi o'nta turiga qaratganmiz. Ishonamanki, hozir qilayotgan mehnatimizning samarasini sentyabr oylarida ko'ramiz. Aynan o'sha paytda jamoamiz o'zining eng yaxshi holatiga chiqadi, degan umiddaman. Shunda Superligada qolish uchun jiddiy kurash olib borishimiz mumkin. Hozircha futbolchilarim sabr bilan ishlayapti. Men ularning barchasidan juda mamnunman. Ularni anchadan beri bunchalik ishtiyoqli ishlayotganini ko'rmagandim.

- Demak, bugungi o'yiningizdan qoniqdingizmi?

- Ha, bugungi o'yindan to'liq qoniqdim. Faqat o'sha mutlaqo keraksiz qoida buzilishi va qizil kartochka bo'lmaganda yaxshi bo'lardi. Ammo futbolda shunday holatlar uchrab turadi. Endi bunga hech narsa qilib bo'lmaydi. To'g'ri xulosa chiqarsak, futbolchilar hammasini yaxshi tushunib turishibdi. Ortiqcha gapirishning hojati yo'q. Biz uchun faqat oldinga yo'l bor. Ortga qarab bo'lmaydi, hammasi o'tmishda qoldi. Endi ishlashda davom etamiz va keyingi o'yinlarda natijani ko'ramiz", - deya Lushanning so'zlaridan keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Mashal Mashal
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar