Bugun
4
O'zbek

«Chelsi» Xenderson bilan muzokaralarga kirishdi – Romano

Futbol
27 iyul, 14:19
Jordan «Sanderlend» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
«Chelsi» Xenderson bilan muzokaralarga kirishdi – Romano
Фото: Getty Images

«Chelsi» klubi «Brentford» yarimhimoyachisi Jordan Hendersonga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «ko'klar» tajribali futbolchini o'z safiga qo'shish uchun asosiy da'vogar hisoblanadi.

Shuningdek, Henderson amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan bo'lishiga qaramay, klubiga to'lovlarsiz tark etishi mumkin. Futbolchining o'zi ham ehtimoliy transferga tayyor.

Jordan «Sanderlend» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2011–2023 yillarda «Liverpul» sharafini himoya qilib, jamoa bilan qator yirik sovrinlarni qo'lga kiritgan.

Shuningdek, tajribali yarimhimoyachi faoliyati davomida «Koventri Siti», «Al Ittifoq», «Ayaks»da to'p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar