Danni Uelbek "Chelsi"ga o'tishi mumkin.
The Athletic xabariga ko'ra, London klubi "Brayton" bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadigan 35 yoshli hujumchini o'z safiqa qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. "Chaykalar" ham "ko'klar"ning qiziqishidan xabardor.
Ta'kidlanishicha, "Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonsoga Uelbekning o'yini va etakchilik fazilatlari ma'qul kelgan. Muzokaralar hozircha dastlabki bosqichda bo'lsa-da, tomonlar transfer amalga oshishi mumkinligiga optimistik qaramoqda.
"Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi sanalgan Uelbek o'tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 34 ta bahsda maydonga tushib, 13 ta gol urgani va yana 1 ta golga assistentlik qilgani ma'lum.
Uelbek "Chelsi"ga o'tishi mumkin
Futbol
27 iyul, 12:16
Transferni Alonsoning shaxsan o'zi xohlmoqda.
Foto: Getty Images