Neymar jamoadoshlari bilan yuzaga kelgan mojarodan keyin "Santos"ning mashg'ulotini ruxsatsiz qoldirdi.
Avvalroq 34 yoshli hujumchi Braziliya A Seriyasining 20-turidan o'rin olgan "Shapekoense" (2:2) bilan o'yindan keyin kiyinish xonasida 21 yoshli Gabriel Bontemponi "bir to'da axlat" deb atagani va 19 yoshli Joao Ananyas bilan tortishib qolgani haqida xabar berilgandi.
Keyinchalik Neymar jamoadoshlari bilan janjal boʻlganini rad etdi: “Bu butun jamoa bilan boʻlgan suhbat edi. Yolgʻon materiallarni tarqatayotgan odam hech narsani bilmaydi”.
O Globo ma'lumotlariga ko'ra, bahsdan keyingi kuni Neymar "Santos" bazasiga kelgan, ammo suratga tushib, qahva ichganidan so'ng u yerni tark etgan. Hujumchi asosiy tarkib futbolchilari uchun rejalashtirilgan tiklanish mashg'ulotida qatnashmagan, bu esa murabbiylar shtabi rejasiga kirmagandi.
Shuningdek, "Santos" direktorlar kengashi a'zolari kiyinish xonasidagi mojaro holatlarini aniqlash uchun mashg'ulot bazasiga kelgani aytilmoqda.
Neymar "Santos"da yuzaga kelgan mojaro sababli jamoa mashg'ulotini ruxsatsiz o'tkazib yubordi
Futbol
27 iyul, 11:46
34 yoshli hujumchi klub bazasiga kelib, suratga tushdi va qahva ichganidan so'ng u yerni tark etdi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi