Bugun
4
O'zbek

Neymar "Shapekoense"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi (videosharh)

Futbol
25 iyul, 23:50
34 yoshli vinger mundialdan keyingi ilk o'yinidayoq o'z nomini tabloda yozdirib qo'ydi.
Neymar "Shapekoense"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi (videosharh)
Foto: Getty Images
25.07.2026 FT Braziliya A seriyasi Santos FC Santos FC 2 : 2 Chapecoense AF Chapecoense AF

"Santos" futbolchisi Neymar Braziliya chempionati doirasidagi "Shapekoense"ga qarshi bahsda (2:2) ikkita gol urdi.

34 yoshli vinger 2026 yildagi jahon chempionatidan qaytgach o'tkazgan ilk o'yinidayoq o'z hisobini gollar bilan boyitdi. Qayd etish lozim, Neymar bu mavsum Braziliya chempionatida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.

Ma'lumot o'rnida, "Santos" ayni vaqtda 20 ta o'yindan so'ng 22 ochko to'plab, turnir jadvalining 14-pog'onasini band etib turibdi. "Shapekoense" esa 10 ochko bilan so'nggi 20-o'rindan joy olgan.

Avvalroq Neymar futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkinligi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
  • Chapecoense AF Chapecoense AF
  • Braziliya A seriyasi Braziliya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar