Bugun
4
O'zbek

41 yoshli Valbuena Malta klubiga o'tdi

Futbol
27 iyul, 08:47
Fransiya milliy jamoasi sobiq yarimhimoyachisi faoliyatini davom ettiradi.
41 yoshli Valbuena Malta klubiga o'tdi
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Matyo Valbuena Maltaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Santa-Luchia» klubiga o'tdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy ma'lum qildi.

41 yoshli futbolchi yangi jamoasi ixtiyoriga yetib keldi va tanishtiruv marosimida ishtirok etdi.

Tajribali yarimhimoyachi o'tgan mavsumda «Olimpiakos»ning ikkinchi jamoasi safida to'p tepdi va 11 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urdi hamda 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Valbuena faoliyati davomida «Marsel», «Dinamo» Moskva, «Lion» va «Fenerbahche» jamoalarida ham o'ynagan. U Fransiya milliy jamoasi safida esa 58 ta o'yinda ishtirok etib, 8 ta gol va 20 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Matyo Valbuena
Foto: Santa Lucia

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santa Lucia F.C. Santa Lucia F.C.
  • Fransiya Fransiya
Bugungi yangiliklar