«Real» yarimhimoyachisi Tiago Pitarch tizzasidan jarohat oldi va 6 haftaga safdan chiqdi. Bu haqda COPE xabar berdi.
Ispaniyalik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda jarohatlangan tizzasi aks etgan suratni e'lon qildi.

18 yoshli havbek ta'tildan keyingi ilk mashg'ulotda jarohat olgan.
Ma'lumot uchun, Pitarch o'tgan mavsumda «Real»da debyut qilgan va La Ligada 10 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygandi.