"Surxon" "Soʻgʻdiyona"ga qarshi uchrashuvdan boshlab raqiblarini Olmaliqda qabul qiladi. Bu haqida OʻzPFL matbuot xizmati xabar berdi.
"Surxon Arena" stadioni bilan bogʻliq holat Liga tomonidan ochiqlangandi.
"Surxon" klubi shundan keyin ham raqiblarini qaysi stadionda qabul qilishi masalasini Superliga reglamenti talabi asosida oʻz vaqtida hal qilmagani oqibatida klubning "Dinamo" va "Navbahor"ga qarshi uy uchrashuvlari raqib jamoalar maydoniga koʻchirilgandi. Faqatgina shundan keyin "Surxon" neytral stadion masalasini hal qildi.
Ligaga ma'lum qilinishicha, endilikda "Surxon" raqiblarini Olmaliq shahrida qabul qiladi. Superliga 17-turidan oʻrin olgan "Surxon" — "Soʻgʻdiyona" uchrashuvi 13-avgust kuni oʻtkaziladi va shu uchrashuvdan boshlab "Surxon" OKMK stadionida uchrashuvlarini oʻtkazishni boshlaydi", — deyiladi xabarda.