Bugun
4
O'zbek

Netuning agenti mijozini «Al Hilol»ga taklif qildi

Futbol
27 iyul, 03:50
«Chelsi» vingeri Pedru Netu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Netuning agenti mijozini «Al Hilol»ga taklif qildi
Foto: Getty Images

«Chelsi» vingeri Pedru Netu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluidji Longari xabar berdi.

Futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi agent Jorge Mendesh o'z mijozini «Al Hilol»ga taklif qildi. Qayd etilishicha, Saudiya klubining yozgi transfer oynasi uchun umumiy byudjeti 350 million yevrodan ortiqni tashkil etadi.

Ushbu transfer oynasida «Al Hilol» hujum chizig'iga bir nafar legionerni allaqachon jalb qildi. Niderlandiya milliy jamoasining 24 yoshli vingeri Krisensio Sammervill jamoa safiga kelib qo'shildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar