«Al Hilol» «Bavariya» vingeri Luis Dias bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Sasha Tavoleri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Saudiya klubi 29 yoshli kolumbiyalik futbolchiga soliqlardan tashqari yiliga taxminan 25 million yevro maosh taklif qilishga tayyor.
Jamoa hozircha «Bavariya» bilan muzokara olib bormayapti va futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishmaguncha Germaniya klubi bilan rasmiy muzokaralarni boshlamaydi.
Shuningdek, Saudiya klubining yozgi transfer oynasi uchun ajratilgan umumiy byudjeti 350 million yevrodan ortiq ekani aytilmoqda. Agar Dias transferga rozilik bersa, «Al Hilol» u uchun 105 million yevrodan 132 million yevrogacha to'lashga tayyor.
Avvalroq Luis Kolumbiya milliy jamoasi safida rekord o'rnatgani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi