"Manchester Siti" himoyachisi Yoxsko Gvardiol klub bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Yangi kelishuv 2031 yil iyun oyiga qadar amal qiladi. "Shaharliklar"ning sport direktori Ugu Viana hamda jamoaning yangi bosh murabbiyi Entso Mareska Gvardiolni jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri deb hisoblamoqda.
Qayd etish lozim, "Bavariya" futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida edi. Shuningdek, uning xizmatlariga "Real", "Barselona" va "Inter" ham qiziqish bildirgan.
Avvalroq Gvardiol "Manchester Siti"ni tark etmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.