"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol klubni tark etishni istamoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, "Bavariya" futbolchini o'z safiga qo'shib olish niyatida. Shuningdek, uning xizmatlariga "Real", "Barselona" va "Inter" ham qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, agar Yoshko manchesterliklar bilan xayrlashsa, klub uning transferidan 70-75 million yevro ishlab oladi. 24 yoshli himoyachining "shaharliklar" bilan shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq "Manchester Siti" Gvardiol bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani ma'lum qilingandi.