Angliya milliy jamoasi himoyachisi Jon Stounz faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marcio xabar berdi.
32 yoshli himoyachiga Turinning "Yuventus" klubi qiziqish bildirmoqda. "Zebralar" Stounz transferi bo'yicha muzokaralarni boshlagan.
Ma'lumot o'rnida, Jon 2016 yildan buyon "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Uning Angliya grandi bilan shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirida o'z yakuniga yetgan.
Avvalroq Stounzning "Everton"ga qaytishi mumkinligi ma'lum qilingandi.