"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns "Everton"ga qaytishi mumkin. Bu haqida Football Insider xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, "Everton" Stounzni ortga qaytarish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. U 2013–2016 yillar oralig'ida aynan shu jamoada to'p tepgan.
Qayd etilishicha, "irislar" allaqachon himoyachi bilan muzokaralar o'tkazgan. "Manchester Siti" Stounzni o'z vaqtida "Everton"dan 55 million yevrodan ortiq mablag' evaziga sotib olgan edi.
Ushbu mavsum futbolchi barcha musobaqalarda 16 ta o'yinda ishtirok etib, samarali harakatlar qayd etmadi. Avvalroq "shaharliklar" Jon bilan xayrlashishi ma'lum qilingan edi.