Bugun
4
O'zbek

«Manchester Siti» Jon Stounz bilan xayrlashadi

Futbol
28 aprel, 09:27
Himoyachi mavsum yakunida erkin agent sifatida jamoani tark etadi.
«Manchester Siti» Jon Stounz bilan xayrlashadi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» klubi himoyachisi Jon Stounz yozda jamoani tark etishini rasman e’lon qildi.

«Jon Stounz yozda «Manchester Siti»ni tark etadi va shu tariqa klubdagi unutilmas hamda juda muvaffaqiyatli o‘n yillik faoliyatini yakunlaydi», – deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o’tamiz, 31 yoshli futbolchi mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2026-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Stounz 2016-yilda «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan va shu vaqt davomida jamoa tarkibida 293 ta bahsda maydonga tushgan. U klub bilan 19 ta sovrin qo‘lga kiritgan, jumladan 6 marta APL chempioni bo‘lgan hamda Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Ushbu mavsumda himoyachi barcha turnirlarda 13 ta bahsda maydonga tushib, samarali harakatlar qayd etmadi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar