Bugun
4
O'zbek

«Chelsi», «Liverpul» va «Siti» «PSJ»ning 50 mln yevroga baholanayotgan 18 yoshli vingeriga qiziqish bildirmoqda

Futbol
27 iyul, 05:44
Yevropaning qator top-klublari «PSJ» akademiyasi tarbiyalanuvchisi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda.
«Chelsi», «Liverpul» va «Siti» «PSJ»ning 50 mln yevroga baholanayotgan 18 yoshli vingeriga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

Bu haqda RMC Sport nashri xabar berdi.

Angliya Premer-ligasining bir qancha klublari «PSJ»ning 18 yoshli vingeri Ibrahim Mbayeni kuzatmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, yosh futbolchiga «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Siti» asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Shuningdek, futbolchi o‘yinlarini kuzatib borayotgan jamoalar orasida «Tottenhem», «Bayer» va «Borussiya» Dortmund borligi aytilmoqda. Mbaye «PSJ» futbol akademiyasining eng iqtidorli bitiruvchilaridan biri sifatida e’tirof etiladi.

Oshib borayotgan qiziqishni inobatga olgan holda «PSJ» munosib taklif tushgan taqdirda tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashishi mumkinligini inkor etmayapti. Biroq Parij klubi rahbariyati 50 mln yevro talab qilishda davom etmoqda. Yaqin portugaliyalik Jorje Mendesh Mbayening agentiga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chelsi Chelsi
  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar