Bugun
4
O'zbek

Goretzka "Barsa" bilan muzokara olib bormayapti

Futbol
27 iyul, 02:35
Futbolchi yaqin kunlarda kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.
Goretzka "Barsa" bilan muzokara olib bormayapti
Foto: Getty Images

"Bavariya"ni erkin agent sifatida tark etgan Leon Goretzka yaqin kunlarda kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Shuningdek, tajribali yarimhimoyachi hozirda "Barselona" bilan muzokara olib bormayapti. Qayd etilishicha, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati Goretzkani jarohat olgan niderlandiyalik yarimhimoyachi Frenki de Yong o'rniga nomzod sifatida ko'rib chiqayotgani haqiqatga to'g'ri kelmaydi.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum 31 yoshli germaniyalik futbolchi barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Goretzka yozda "Arsenal"ga o'tishni xohlayotgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar