Bugun
4
O'zbek

Goretska yozda "Arsenal"ga o'tishni xohlamoqda

Futbol
14 fevral, 03:00
Germaniyalik futbolchi so'nggi transfer oynasida "Atletiko"ning taklifini rad etgan.
Goretska yozda "Arsenal"ga o'tishni xohlamoqda
Foto: Metro

"Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goretska yozda "Arsenal"ga o'tishga qiziqish bildiryapti. Bu haqda Bayern Insider xabar berdi.

Bungacha londonliklar 31 yoshli germaniyalik futbolchini yanvar oyida sotib olishni xohlagan, hozir esa uni iyun oyida transfer qilishni rejalashtirmoqda. So'nggi transfer oynasida Goretska "Atletiko"ning taklifini ham rad etgan.

Ma'lumot o'rnida, yarim himoyachi bu mavsum Bundesligada 18 ta o'yinda maydonga tushib, 1 gol urgani. Avvalroq "Bavariya" mavsum oxirida Goretskaning klubdan ketishini tasdiqlagandi.

Bugungi yangiliklar