Bu haqda myunxenliklar sport direktori Kristof Froynd xabar berdi.
2026 yilning yozida xavbekning amaldagi shartnomasi yakuniga yetadi.
"Leon klubda o'zini juda yaxshi his qilardi. Shu sababli ham shu vaqtgacha u shu yerda edi. U chindan yaxshi o'yin ko'rsatmoqda, o'ta yuqori darajada. Shuning uchun ham unga boshqalar tomonidan qiziqish bo'lgani tushunarli. U jamoaning muhim a'zosi va jamoada qolishini istagandik.
Oxirgi haftalarda aynan shu masala ko'tarildi va u bilan shartnoma borasida gaplashdik. Uning "Bavariya"dagi faoliyati yozda yakuniga yetadi. Bu yerda u o'ta muvaffaqiyatli sakkiz yilni o'tkazdi", — deya Froynd so'zlarini keltiradi "Bavariya" matbuot xizmati.
Goretska «Bavariya»ga 2018-yil yozida «Shalke»dan o‘tgandi. Ushbu mavsum 30 yoshli germaniyalik futbolchi 28 o‘yinda 1 ta gol urishga erishdi.