«Yuventus» «PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muani transferi bo'yicha muzokaralarda ijobiy natijalarga erishdi. Bu haqda Corriere dello Sport xabar berdi.
Turin klubi ushbu transferni iyul oyi oxiriga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. Hozirda «Yuventus»ning futbolchi uchun so'nggi taklifi 40 million yevrodan oshgan.
Shuningdek, tomonlar Kolo-Muanining keyingi ehtimoliy transferidan «PSJ»ga tegadigan ulush masalasini ham muhokama qilmoqda. Bungacha Parij klubi 27 yoshli hujumchini 50 million yevroga baholagandi.
Avvalroq Zeki Chelik «Yuventus» futbolchisi sifatida tanishirilgandi.