Bu haqda mashhur insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida xabar berdi.
Fransiyaning «PSJ» klubi vingeri Bredli Barkola yangi bitim imzolamaydigan bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, futbolchining yakuniy qarorga kelgan va shu yil yozda boshqa jamoa safiga ko‘chib o‘tishga tayyor. Barkola uchun asosiy nomzod sifatida «Liverpul» jamoasi qaralmoqda.
O‘tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi 49 ta o‘yinda 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatma yetkazib berdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Bredlining aktual transfer narxini 90 million yevroga baholamoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi