«PSJ» va Ukraina milliy jamoasi himoyachisi Ilya Zabarniy «Liverpul» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqida Foot01 nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli futbolchining vakillari ingliz klubi bilan suhbatlashgan. Muzokaralar davom etmoqda.
«Liverpul»ning himoyachiga bo'lgan qiziqishi jamoa bosh murabbiyi Andoni Iraola bilan bog'liq. Ispaniyalik mutaxassis Zabarniyning imkoniyatlarini yaxshi biladi, chunki ular avvalroq «Bornmut»da birga faoliyat olib borishgan.
Ilya 2025 yilning yozida «PSJ» safiga borib qo'shilgan. Bu vaqt davomida parijliklar libosida 37 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urg'an. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 40 million yevroga baholanmoqda.
Uning «PSJ» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo'ljallangan.