Live
3
O'zbek

"PSJ" Suzukining transferini ko'zlamoqda

Futbol
25 iyul, 17:01
Uning "Parma" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga mo'ljallangan.
"PSJ" Suzukining transferini ko'zlamoqda
Фото: Getty Images

"PSJ" klubi "Parma" darvozaboni Zion Suzukini o'z safiga qo'shib olish niyatida. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, Parij klubi yaponiyalik 23 yoshli kiper bilan shartnoma imzolasa, ular Lyuka Sheval bilan xayrlashishga tayyor.

Qayd etilishicha, Suzukining xizmatlariga "Yuventus" va "Aston Villa" klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Shu bois Zion kelajakda qaerda faoliyat yuritish borasida hali yakuniy qarorga kelmagan.

Uning "Parma" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Parma Parma
Bugungi yangiliklar