«Inter» klubi sport direktori Piero Auzilio «Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero transferi boʻyicha tarqalgan xabarlarni tasdiqladi.
«Unga albatta qiziqyapmiz, bu haqiqat. Futbolchining agenti hamda «Tottenhem» bilan muloqot qildik. Endi keyingi rivojlanishni kuzatamiz», — deya Auzilioning soʻzlaridan keltiradi insayder Fabrizio Romano.
Qayd etilishicha, «Inter» yozgi transfer vaqtida argentinalik futbolchini oʻz safiga qoʻshib olmoqchi. Biroq hozircha tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom etmoqda.