Live
4
O'zbek

«Liverpul» Barkola transferida peshqadam bo‘lib turibdi

Futbol
26 iyul, 12:51
Fransiyalik vinger mersisaydliklar loyihasini ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda.
«Liverpul» Barkola transferida peshqadam bo‘lib turibdi
Foto: Getty Images

«Liverpul» «PSJ» vingeri Bredli Barkolani o‘z safiga qo‘shib olish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, mersisaydliklar aprel oyidan buyon ushbu transfer ustida ishlamoqda. Futbolchining o‘zi ham, agar klublar kelishuvga erisha olsa, faoliyatini «Liverpul»da davom ettirishni ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda «Liverpul» «PSJ»dan transfer narxi va bitim tafsilotlari bo‘yicha javob kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bredli Barkola 2023 yildan buyon parijliklar safida to‘p tepmoqda va Fransiya milliy jamoasiga ham jalb etib kelinmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar