«Liverpul»ning markaziy himoyachisi Jo Gomes mavsumoldi tayyorgarligi doirasidagi ilk o‘rtoqlik bahsida jarohat oldi.
Mersisaydliklar «Sanderlend»ni 4:2 hisobida mag‘lub etgan bahsda sardorlik bog‘ichini taqqan Gomes o‘yinning 8-daqiqasidayoq almashtirildi.
BBC xabariga ko‘ra, «Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola futbolchining jarohati jamoa uchun eng yomon yangilik bo‘lganini ta’kidladi.
«Eng yomon xabar — Jo o‘yinning boshidayoq jarohat olgani. Mashg‘ulotlar davomida hech bir futbolchini yo‘qotmaganimizdan xursand edik, ammo afsuski, ilk bahsning o‘zidayoq Joni yo‘qotdik», — dedi Iraola.
Ma’lumot uchun, Jo Gomes 2015 yildan buyon «Liverpul» safida to‘p tepib kelmoqda. U o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 33 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.