"Arsenal" va "Chelsi" "Tottenhem" himoyachisi Kristian Romeroni o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Bu haqida Corriere dello Sport xabar berdi.
Argentinalik futbolchining "Tottenhem" bilan shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi. Biroq jamoaga ikki nafar yangi markaziy himoyachi Yan Pol van Hekke va Markos Senesi kelib qo'shilgani sababli Romero shu yozda klubni tark etishi kutilmoqda.
"Tottenhem" sardori o'tgan mavsum so'nggi qismini tizza jarohati sabab o'tkazib yuborgan. Bu vaqtda jamoa APLdagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan edi.
Avvalroq "Barselona" va "Real" Romeroni o'z safiga qo'shib olmoqchi ekani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi