Bugun
4
O'zbek

«Chelsi» «Aston Villa» murabbiyiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
26 iyul, 12:40
London klubi standart vaziyatlar bo‘yicha mutaxassis Ostin Makfini o‘z shtabiga qo‘shmoqchi.
«Chelsi» «Aston Villa» murabbiyiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«Chelsi» «Aston Villa» murabbiylar shtabida faoliyat yuritayotgan standart vaziyatlar bo‘yicha mutaxassis Ostin Makfini o‘z safiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.

BBC xabariga ko‘ra, londonliklar 46 yoshli mutaxassis borasida «Aston Villa» bilan muzokaralar olib bormoqda. «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Makfi bilan birga ishlashni istamoqda.

Manbaga ko‘ra, Ostin Makfiga Angliyaning boshqa klublari hamda Saudiya Arabistoni jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Makfi 2021 yildan buyon «Aston Villa»da ishlab kelmoqda. U, shuningdek, Roberto Martines boshchiligidagi Portugaliya milliy jamoasida ham standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum birminghemliklar standart vaziyatlardan urilgan gollar soni bo‘yicha «Arsenal» bilan birgalikda APLda yetakchi bo‘lgan. 2023/24 yilgi mavsumda esa Emeri jamoasi Yevropaning top-5 ligalari orasida ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi jamoa sifatida qayd etilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Aston Villa Aston Villa
Bugungi yangiliklar