Bugun
4
O'zbek

"Mutlaqo yolgʻon" — Neymar "Santos"ning yosh oʻyinchilarini soʻkkani haqidagi xabarlarni rad etdi

Futbol
27 iyul, 07:54
Braziliyalik yulduz videomurojaat yoʻllab, yolgʻon materiallar tarqatmaslikni soʻradi.
"Mutlaqo yolgʻon" — Neymar "Santos"ning yosh oʻyinchilarini soʻkkani haqidagi xabarlarni rad etdi
Foto: Getty Images

Neymar "Santos"ning yosh oʻyinchilari bilan janjal qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Avvalroq 34 yoshli hujumchi 21 yoshli jamoadoshi Gabriel Bontemponi "bir parcha axlat" deb haqorat qilgani va Braziliya A Seriyasining 20-turidan oʻrin olgan "Shapekoense"ga qarshi oʻyindagi 2:2 hisobidagi durangdan keyin kiyinish xonasida 19 yoshli Joao Ananyas bilan tortishib qolganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Hammaga salom. Bu biz kutgan yakshanba boʻlmadi. Endi boshimizni koʻtarib, ishlashda davom etishimiz kerak. Men kiyinish xonasida yosh oʻyinchilarni qattiq tanqid qilganim haqidagi xabarlar tarqalayotganini koʻrdim. Bu — mutlaqo yolgʻon.

Bu ma'lumotni tarqatganlardan iltimos qilaman: yolgʻon gapirmang. Istagan odamdan soʻrashingiz mumkin — bu butun jamoa bilan boʻlgan suhbat edi. Men, Lukas (Verissimo), Arao, Gabi — hammamiz oʻz fikrimizni aytdik. Brazao ham gapirdi. Bir-birimizdan koʻprogʻini talab qildik, chunki raqobatbardoshmiz va gʻalaba qozonishni istaymiz.

Ammo aynan yosh oʻyinchilarga nisbatan hech qanday e'tiroz boʻlmagan. Men bunday yolgʻonlarga chidab oʻtirmayman. Mabodo kiyinish xonasida kimnidir tanqid qilishga toʻgʻri kelsa — u kim boʻlishidan qat'i nazar — gʻalaba qozonishni istaydigan jamoa uchun bu o'rtadagi holat.

Bunday insofsizlar, yolgʻon materiallarni e'lon qilayotganlar esa aslida hech narsani bilmaydi. Siz futbol nima ekanini tushunmaysiz, hech qachon jamoaning bir qismi boʻlmagansiz"
, — dedi Neymar ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videomurojaatida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Santos FC Santos FC
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar