O‘zbekistonlik jangchi Bogdan Guskov Abu-Dabida bo'lib o'tgan turnirdan so'ng Magomed Ankalayevga qarshi jang natijalarini sarhisob qildi. To'qnashuvda Rossiya vakili beshinchi raundda texnik nokaut orqali g'alaba qozondi.
"Birinchi raundda u o'ng qo'limga yaxshi midl-kik (tananing o'rta qismiga zarba) yo'lladi va bu asablarga biroz ta'sir qildi. Qo'lim ishdan chiqmadi, lekin qattiq zarbani his qildim. Bu biroz chalg'itdi, asosiy qurolimdan foydalana olmadim. Ikkinchi raundda o'tib ketadi deb o'ylagandim, ammo bunday bo'lmadi.
Jang shaxmat partiyasiga o'xshab qoldi. Ikki kontr-panjer bir-birini tutishga harakat qildi. Hali jangni qayta ko'rganim yo'q, lekin o'ylashimcha, u juda zerikarli chiqqan.
Men UFC'da atigi ikki yildan beri jang qilaman va endi shunday raqibga qarshi chiqdim. U Rossiyada ham, keyin UFC'da ham o'zini ko'rsatgan, chempion bo'lgan. Jangchi nuqtayi nazaridan qaraganda, bellashuv normal o'tdi. Magomedga juda oson bo'ldi, deb hisoblamayman. Men ham ayrim vaziyatlarda zarbalarimni o'tkaza oldim.
Besh raundlik jang uchun tayyorgarlikni o'rgandim. Hakam jangni biroz erta to'xtatdi. Men g'alaba haqida emas, balki oxirigacha chidamli bo'lganim haqida gapiryapman. Maga meni finish qila olmasdi. Hakamga baqirdim: "Nega menga oxirigacha ishlashga imkon bermading?"
Men uch raundlik jangga tayyorlangandim va ularni yaxshi o'tkazdim. Bu yerda esa besh raund va shunday raqibga qarshi atigi 11 kunlik tayyorgarlik bo'ldi. Menimcha, hech qanday katta narsa yo'qotganim yo'q", — dedi Guskov.
Guskov: "Hakam jangni erta to'xtatdi. Ankalayev finish qila olmasdi"
MMA
27 iyul, 07:39
O‘zbekistonlik jangchi tajribali raqibdan uchralgan mag‘lubiyatni sarhisob qildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi