«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Britaniya futboli haqida serial olish bilan shug'ullanadi, deb xabar bermoqda The Sun.
41 yoshli futbolchi serialning ijrochi prodyuseri bo'ladi. Unda firibgar agent obrazini «Milliardlar», «Vatan» va «Quroldoshlar» seriallarida suratga tushgan Damien Luis ijro etadi.
Serialni suratga olish ishlari allaqachon boshlangan. Luis Londinning shimoli-g'arbida joylashgan «Barnet» futbol klubining uy stadionida ko'ringan.
Ronaldu ham suratga olish jarayonida ishtirok etadi. Shuningdek, unga «Arsenal» klubi va Fransiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri ham qo'shiladi.
Ma'lum qilinishicha, serial drama janrida bo'ladi va unda ayrim komediya elementlari ham bo'ladi.
Serial Ronaldu va prodyuser Metyu Von birgalikda boshqarayotgan UR•Marv Studios tomonidan yaratiladi.
Ronaldu Britaniya futboli haqida serial oladi. Unda Anri ham rol o'ynaydi
Futbol
27 iyul, 09:10
«An Nasr» hujumchisi prodyuserlik qiladi va suratga olish jarayonida ham ishtirok etadi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi