UFC prezidenti Dana Uaytning ma'lum qilishicha, promoushenning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor kamida bir yil davomida jang qila olmaydi.
«Konor bir yilga safdan chiqdi», — dedi Uayt Zuffa Boxing matbuot anjumanida.
Eslatib o'tamiz, 12 iyul kuni Las-Vegasda (AQSh) bo'lib o'tgan UFC 329 turnirida Makgregor birinchi raundda oyog'idan jarohat olib, Maks Holloueyga texnik nokaut orqali mag'lub bo'lgandi. Avvalroq irlandiyalik yulduz ushbu jangni o'tkazilmagan deb hisoblashga chaqirgan edi.
Ikki jangchi o'rtasidagi ilk to'qnashuv 2013 yilda bo'lib o'tgan va unda Konor hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozongan.
Makgregor professional faoliyati davomida 22 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Dana Uayt Makgregorning qancha muddatga safdan chiqqanini aytdi
MMA
27 iyul, 11:09
Irlandiyalik jangchi Hollouey bilan to'qnashuvda oyog'idan jarohat olgandi.
Foto: Getty Images