Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi 28 iyul kuni rasman tanishtirilishini ma'lum qildi.
Federatsiya prezidenti Filipp Diallo yangi bosh murabbiy nomini ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida e'lon qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Didye Desham 2012 yildan buyon Fransiya milliy jamoasini boshqarib kelayotgandi. U JCh-2026 yakunlangach o‘z lavozimini tark etdi. Fransiya mundialda to‘rtinchi o‘rinni egallab, bronza medali uchun bahsda Angliyaga 4:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Avvalroq OAVda Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyligiga Zinedin Zidan tayinlanishi haqida xabarlar tarqalgandi.